Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari Sh.Komilova, F.Bazarbayeva hamda tuman IIB JXX XPB VYMB katta inspektori podpolkovnik X.Abdusalomovalar, tumandagi 27-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilariga tumanda jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, jinoyatchilik alomatlar to‘g‘risida yoshlarga tushuntirish berdi. Shu bilan birga deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yii 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora - tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-71-son Farmoni yuzasidan tushunchalar ham berildi. Jumladan deputatlar tomonodan maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham ko‘zdan kechirildi.