Prezident Shavkat Mirziyoyev Forumda nafaqat iqtisodiy strategiyani, balki global miqyosda ahamiyatli bo‘lgan axloqiy yondashuvni ham taqdim etdi. U tinchlik, diplomatiya va investitsion hamkorlik muhimligini uqtirar ekan, O‘zbekistonning dunyoga ochiqligini va inson qadriyatlariga sodiqligini yana bir bor namoyish etdi.
Shu bilan birga, investitsiyalar faqat yirik sanoat emas, balki qishloq xo‘jaligi, turizm, xizmat ko‘rsatish, “yashil” iqtisodiyot kabi sohalarga ham yo‘naltirilayotganini inobatga olsak, aholi bandligini ta’minlashda bu juda keng ko‘lamli ijobiy ta’sirga ega.
Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, davlat siyosatini faol qo‘llab-quvvatlayman va joylardagi amaliy ijrosini ta’minlashda ishtirok etaman.
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati A.Uljayeva