Новости

2025 yil 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha

 2025 yil 10-11 iyun kunlari
bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent
xalqaro investitsiya forumihamda xorijiy investorlar kengashi
majlisidagi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning nutqlarida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va
iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmun-mohiyati bo‘yicha
 

  

2025-yil 11-iyun kuni Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
 

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tgan tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot
banki prezidenti Odil Reno-Basso, “Masdar”, “Indorama”, “ACWA Power”, “Vision
Invest”, “DataVolt”, “Veon”, “Boeing”, “Air Products”, “SpaceX”, “Meta”, “John
Deere”, “Franklin Templeton”, “Suez”, “EDF”, “Total Energies”, “Voltalia”,
“Orano”, “Linde”, “Claas”, “Sojitz”, “Bomi”, “OTP Bank”, “Goldwind”, “Çalik”,
“Çengiz”, “Aksa”, “JBIS” kabi yetakchi kompaniya va banklar rahbarlari, shuningdek,
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot
banki va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
 

Davlatimiz
rahbari yig‘ilishni ochar ekan, k
uni kecha o‘tgan to‘rtinchi Toshkent investitsiya Forumning asosiy
mavzusi bo‘lgan investitsiyalar – faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki
tinchlik va barqarorlikning kafolatidir! Keling, birgalikda shunday investitsiya
muhitini yarataylikki, u daromad keltirish bilan birga, inson qadrini ulug‘laydigan,
uning hayotiy manfaatlarini ta’minlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan
mustahkam poydevorga aylansin!
 

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti
sakkiz yilda 2 barobar ko‘paydi. 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkichni
200 milliard dollarga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. O‘tgan
yili investitsiya hajmi 35 milliard dollarga, eksportimiz 27 milliard
dollarga yetgani bu – to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Toshkent xalqaro
investitsiya forumining ham amaliy natijasidir.
 

Yangi O‘zbekistondagi islohotlar samarasi
xalqaro reytinglarda ham o‘zining munosib aksini topmoqda. “Iqtisodiy erkinlik
indeksi”dagi o‘rnimiz so‘nggi besh yilda 48 pog‘onaga yuqori ko‘tarildi.
Garvardning “Iqtisodiyot murakkabligi indeksi”dagi o‘rnimiz 28 pog‘onaga
yaxshilandi. O‘tgan oyda nufuzli “S&P” agentligi O‘zbekistonning suveren reytingi
prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirdi.
 

Bugun dunyo iqtisodiyoti yangi davr
va o‘zgarishlar ostonasida turganini barchamiz yaxshi tushunamiz. Bu esa barqaror
rivojlanish yo‘lidan borayotgan davlatlarni quyidagi to‘rtta yo‘nalishda hamkorlikda
ishlashga undamoqda.
 

Birinchidan, “yashil” iqtisodiyot
modeliga o‘tish.
Biz iqtisodiyotimizni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash uchun
aynan “yashil” energetikani rivojlantirishga qattiq bel bog‘laganmiz.
 

O‘tgan qisqa davrda bu sohaga qariyb
6 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kirib keldi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi

59 milliarddan 82 milliard kilovatt-soatga yetdi. Keyingi besh yilda bu ko‘rsatkich
120 milliard kilovatt-soatdan oshib, “yashil” energiya ulushi

54 foizga yetadi. 

 Elektr tarmoqlarini yangilashga ham 4 milliard dollar jalb qilamiz. Bu borada joriy
yilda Samarqandda, kelgusi yildan yana 8 ta hududda elektr tarmoqlarini xususiy
sheriklikka beramiz. Bundan tashqari,
ilk bor “yashil” sertifikat va uglerod birliklari savdosini boshladik. Shu yil global
uglerod bozorlariga qo‘shilib, “Yashil O‘zbekiston” iqlim investitsiyalari platformasini
yaratamiz.
 

Ikkinchidan, raqamli
texnologiya va sun’iy intellekt iqtisodiyotning “drayveri”ga aylanmoqda. Mamlakatimizda
shu yilning o‘zida IT eksporti 1 milliard dollarga yetadi. 2030 yilga borib,
bu ko‘rsatkichni 5 karra oshirish uchun salohiyatimiz ham, imkoniyatimiz
ham yetarli.
 

Bu ishlarimiz xalqaro darajada e’tirof
etilib, Sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha xalqaro indeksda bir yilda 17 pog‘onaga
ko‘tarildik. Kelgusi yil “Bulutli texnologiyalar” milliy platformasi ishga
tushadi. Yaqin besh yilda xususiy investorlar bilan birga quvvati 500 megavattdan
ziyod 20 ta “data markaz” barpo etamiz.
 

Boy tariximiz, azaliy qadriyatlarimiz
hamda yangi kreativ g‘oyalarni mujassam etgan sun’iy intellektning milliy modelini
ishlab chiqamiz. Bu tizim samaradorligini ta’minlash uchun
“Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini boshladik.
Ishonchim komil,
sizlar bilan birgalikda O‘zbekistonni nufuzli IT va Fintech xabiga aylantiramiz.
 

Uchinchidan, biz
yaqinda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki bilan birga O‘zbekiston moliya
sektorini ilk bor kompleks baholashdan o‘tkazdik. Ular bank, moliya, sug‘urta, kapital bozoridagi islohotlarimizni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
 

Bu sohalarni keyingi rivojlanish bosqichiga
olib chiqish maqsadida O‘zbekistonda Moliyaviy barqarorlik kengashi tashkil etiladi,
Markaziy bankda kiberxavfsizlik va moliyaviy texnologiyalar platformalari ishga
tushiriladi.
 

Sug‘urta tizimida ham katta islohotlarni
boshladik. Milliy qayta sug‘urtalash kompaniyasi va Global qayta sug‘urtalash raqamli
platformasi tashkil etildi.
 

Startaplar uchun muqobil moliyaviy instrument
– venchurlar bizda tez rivojlanib boryapti. Misol uchun, o‘tgan yili 2 ta startap
kompaniyamizning qiymati ilk bor 1 milliard dollardan oshdi. Bunday kompaniyalarni
albatta ko‘paytiramiz.
Shu bois “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi
qonun loyihasi ishlab chiqildi.
 

“To‘rtinchi sanoat inqilobi” “texnologik
minerallar”ga talabni bir necha karra ko‘paytirmoqda.
O‘zbekistonda volfram, molibden, magniy,
litiy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning katta zaxirasi aniqlangan.
Umuman, yer osti boyliklarimizning salohiyati 3 trillion dollarga baholanmoqda.
 

Mintaqamizning minerallardan yuqori
qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish “xabi”ga aylanishi uchun barcha
imkoniyatlar mavjud. Bu borada Toshkent va Samarqand viloyatlarida “Kelajak metallari
texnoparki”ni bunyod etmoqdamiz. Bu sohada geologiya-qidiruv ishlaridan boshlab,
tayyor mahsulot zanjirini yo‘lga qo‘ygan investorlarga o‘n yil davomida renta solig‘i
qaytarib beriladi.
 

Bir narsaga e’tiboringizni qaratmoqchiman:
global ishlab chiqarish zanjirlarida har bir davlat uchun teng sharoitni ta’minlaydigan
ishonchli qoidalar bo‘lishi shart va zarur.
 

Hech shubhasiz, bu borada Jahon savdo
tashkilotining alohida o‘rni bor. Shu bois, kelgusi yilda ushbu Tashkilotning a’zosiga
aylanish bo‘yicha oldimizga maqsad qo‘yganmiz va bu borada hamkorlarimiz bilan faol
ishlayapmiz. Buning uchun o‘nlab qonun, yuzlab standartlarni xalqaro talablarga
moslashtirdik va bu ishlarni shu yil to‘liq yakuniga yetkazamiz.
 

Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlarga
yanada qulay muhit yaratish uchun mahalliy kompaniyalar bilan bir xil sharoitlarni
kafolatlovchi “milliy rejim” joriy qilinadi, davlat organlari bilan munosabatga
kirishishda “yagona darcha” tamoyili tatbiq etilishi belgilandi, investitsiya
faoliyatini ortiqcha tekshiruvlardan kafolatli himoyalash tizimi yaratiladi.
 

Bular orqali 2030 yilga borib, O‘zbekistonning
kredit reytingini “investitsion” darajaga olib chiqishni maqsad qilib qo‘yganmiz.
 

Biz davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda
ularni yurtimiz farovonligiga xizmat qiluvchi yirik aktivlarga aylantirish yo‘lini
tanlaganmiz.
 

Shu bois, 18 ta yirik kompaniya
va banklardagi qariyb 2 milliard dollarlik davlat ulushini o‘zida birlashtirgan
“Milliy investitsiya jamg‘armasi” tashkil etildi. Jamg‘arma boshqaruviga nufuzli
“Franklin Templeton” kompaniyasi jalb qilindi. Kelgusi yilning o‘zida jamg‘armaning
aksiyalar paketi xalqaro IPO ga chiqariladi. Shuningdek, professional konsultantlar jalb qilinib, ikki yilda 29 ta
yirik davlat kompaniyasi xususiylashtiriladi.
 

Biz transport va logistika sohasini iqtisodiyotimizning
qon tomiri sifatida ko‘ramiz.
Shu bois, bu sohaga ham xususiy kapitalni faol jalb qilmoqdamiz.
Birgina misol, Samarqand, Namangan, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlari
davlat-xususiy sheriklik asosida salohiyatli investorlar boshqaruviga berildi.
 

Urganch aeroporti boshqaruviga dunyoning
yetakchi “Inchon” kompaniyasi jalb qilindi. Kelgusi yilda Nukus, Termiz, Farg‘ona,
Navoiy aeroportlari bo‘yicha ham tenderlar o‘tkazamiz.
 

Yana bir muhim yo‘nalish – poytaxtimizda
yashab va ishlayotgan aholi soni 5 milliondan oshdi. Shu bois, 2 million
aholiga mo‘ljallangan “Yangi Toshkent” shahrini barpo etib, poytaxtni megapolisga
aylantiramiz.
 

Bu yerda yiliga 20 million yo‘lovchiga
xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega aeroport, temir yo‘l va avtomobil transportini
qamrab olgan “multimodal xab” quriladi. Yirik savdo komplekslari va moliya markazlari
qad ko‘taradi.
 

So‘nggi sakkiz yilda qo‘shnilarimiz
bilan tovar aylanmasi hajmi

3,5 barobardan ziyod oshib, qariyb 13 milliard dollarga yetdi. Katta
investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston
temir yo‘lini qurishni boshladik, yirik energetika va infratuzilma loyihalarini
tayyorlash bo‘yicha salmoqli ishlar qilinmoqda. Umuman, biz Markaziy Osiyoda “Investitsiya
va savdo uchun yaxlit hudud konsepsiyasi”ni ilgari surishni taklif qilamiz.
 

Biz uchun investitsiya – faqatgina moliyaviy
manba emas. Bu – texnologiya, bilim, malakali kadrlar, xalqaro ishlab chiqarish
zanjiriga qo‘shilish, ya’ni, haqiqiy taraqqiyot demakdir. O‘zbekiston mana shunday
ezgu g‘oyalar bilan keladigan xorijiy investorlarga barcha sharoitlarni yaratib
beradi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va buni kafolatlaydi.
 

Biz xalqaro moliya tashkilotlari bilan
mutlaqo yangicha ishlashga o‘tib, aniq natijaga qaratilgan samarali hamkorlik tizimini
joriy etdik. Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘tgan yili O‘zbekistonga
rekord miqdorda – 1 milliard dollarga yaqin investitsiya kiritdi. Mamlakatimiz
ushbu bankning mintaqadagi eng yirik hamkoriga aylandi.
 

Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlarining
xususiy sektor bilan hamkorligi keskin kuchayib, ular bir qator ilg‘or korxonalarga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritishdi. Jumladan, bir yil davomida ularning xususiy kompaniya va banklar bilan qo‘shma
loyihalari hajmi 1 milliard dollardan ortdi.
 

Bugun bu uchrashuvda qatnashayotgan
kompaniyalar “yashil” energiya, chiqindilarni qayta ishlash, elektr energiyasini
saqlash, “yashil” vodorod ishlab chiqarish kabi ilg‘or sohalarda yangi loyihalarni
boshlaganini alohida ta’kidlamoqchiman.
 

Bu borada “Acwa Power”,
“Masdar”, “Linde”, “Shanghai Environment”, “Total Energies” singari yetakchi
kompaniyalar 8 milliard dollardan ziyod investitsiya kiritib, “yashil” iqtisodiyotni
rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.
 

Raqamli texnologiyalar sohasida ham
dunyo tan olgan nufuzli kompaniyalar yurtimizga jadal kirib kelmoqda. Ayniqsa, “DataVolt”
kompaniyasi mintaqadagi eng yirik “yashil data markaz”ni, “Veon” kompaniyasi
sun’iy intellektga asoslangan “mobil super-ilova”ni yaratish bo‘yicha loyihalarni
boshlagani bizni juda quvontiradi. Hech shubhasiz, bunday loyihalar kelajakning
mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi.
 

Umuman olganda, yurtimizda ishlayotgan
investorlarning faolligi oshib, so‘nggi ikki yilda chet el kapitali ishtirokidagi
5,5 mingta yangi korxona tashkil etildi. Ularning umumiy soni 16 mingtaga
yetdi.
 

Biz xorijiy korxonalar bilan birma-bir
gaplashib, bildirilgan 40 dan ziyod tashabbuslarni saralab oldik. Jumladan, sarmoyadorlar
soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan
qonunlarni ko‘paytirish, infratuzilma sohalarida xususiy sektor ulushini oshirish
bo‘yicha takliflarni berdilar.
 

Tushgan takliflardan kelib chiqib, garov
to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish, xorijiy kompaniyalar uchun professional
kadrlarni tayyorlash, mahalliy kompaniyalarda korporativ boshqaruvni yaxshilash,
soliq ma’murchiligi bo‘yicha qo‘shimcha ishchi guruhlar tashkil etiladi.
Har bir taklif va mulohaza batafsil ko‘rib chiqiladi. Hukumatimiz tomonidan alohida
“yo‘l xaritasi” qabul qilinadi.
 

Biz 2028 yilga qadar biznes uchun
asosiy soliq stavkalari o‘zgarmasligini e’lon qildik. Joriy yilda yo‘l, transport,
energiya, suv, irrigatsiya sohalarida qariyb 4,5 milliard dollarlik davlat-xususiy
sheriklik loyihalarini boshladik. Xalqaro moliya hisobotlari standartlariga o‘tish
hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruvni joriy etish bo‘yicha normativ
huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek nutqi yakunida Shavkat Mirziyoev bo‘lib o‘tgan
sermahsul muloqotlardan juda mamnun ekanini, har bir taklif va mulohaza batafsil
ko‘rib chiqilishini, hukumat tomonidan alohida «yo‘l xaritasi» qabul qilinishini
aytd