Новости

Последние новости

янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
deputatlar menen ushırasıw
янв.21
“Ózbekstan - 2030” strategiyasınıń mazmun-mánisin dodalandı
янв.21
Shomanay rayonın 2026-jılda kompleksli sociallıq-ekonomikalıq rawajlandırıw máseleleri dodalandı
янв.21
Кәмбағаллықты қысқартыў ҳәм халықтың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша тийкарғы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президенти Ш.М.Мирзиёев С5+1 форматындағы саммит
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиёев рәсмий сапар менен екинши жаҳан саммитине қатнасыў ушын Қатар мәмлекетиниң Доха қаласына келди.
янв.21
Самарқандта ЮНЕСКО шөлкеминиң мәжилиси өткерилмекте.
янв.21
Сербия Республикасының Президенти Александр Вучичтин 28-октябрь күни Өзбекстан Республикасына келиўи.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 12-Boyovut saylov okrugidan saylangan deputat Salohiddin Quldoshev tumandagi migratsiyadan qaytgan ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, bandlik masalalari va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashildi.

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga o‘zini-o‘zi band qilish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Jumladan, Prezidentimizning 62-sonli Qaroriga asosan, "Markaz" mahallasida yashovchi fuqaro O.Mahmadullayevga 100 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.

Hozirgi kunda fuqaro ushbu imtiyozli kreditdan oqilona foydalanib, issiqxona qurish ishlarini boshlab yuborgan. Bu esa nafaqat uning doimiy bandligini ta’minlash, balki kelgusida mahalladagi boshqa yoshlar uchun ham namunali loyihaga aylanishi mumkin.

Deputat Salohiddin Quldoshev bunday tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirishida amaliy yordam ko‘rsatish zarurligini ta’kidladi.

Slide 1 of 2