Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugidan saylangan deputati G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Charxiy ko‘chasi, 25-uy, 40-xonadonda istiqomat qiluvchi D.Shogarayeva xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy sharoiti, turmush holati va mavjud ehtiyojlari bilan tanishildi.

Tashrif chog‘ida fuqaro va uning oilasiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam choralari ham o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, oilaga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy ko‘mak ko‘rsatilgan.

Bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, oilalarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatilishini o‘rganishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2