Новости

Последние новости

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
“Yalang‘och ota” mahallasida oilaning ijtimoiy ahvoli bilan tanishildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, 22-“Charxini ko‘prigi” saylov okrugi vakili G.Rasulova tomonidan “Yalang‘och ota” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash holatini o‘rganish ishlari davom ettirildi.

Shu doirada Charxiy ko‘chasi, 27-uy, 19-xonadonda istiqomat qiluvchi D.Axmadova oilasi holidan xabar olinib, xonadondagi ijtimoiy sharoit va oilaning ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

️O‘rganish chog‘ida oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam choralari ham ko‘rib chiqildi. Xususan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali vaucher ajratilib, oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun yordam berilgani aniqlandi.

Bunday manzilli tashriflar orqali ehtiyojmand oilalarning holatini bevosita o‘rganish, ularga ko‘rsatilayotgan ko‘makni baholash va mavjud muammolarni aniqlashga e’tibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3