Новости

Последние новости

O‘rganish

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ayniqsa, ijtimoiy soha obyektlarining mavsumni betalafot o‘tkazishga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari tuman Kengashi Kotibiyat mudiri, deputat G. Tursunova tomonidan o‘z saylov okrugidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borildi.

🔰O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, isitish tizimlarining sozligi, sinfxonalar va boshqa xonalarning mavsumiy sharoitga tayyorligi, mavjud infratuzilmaning holati hamda zarur yoqilg‘i zaxiralarining shakllantirilishi ko‘zdan kechirildi.

🔰Shuningdek, maktabda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, qish mavsumida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Slide 1 of 4