Новости

Последние новости

🏠 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR MUAMMOLARI E’TIBORDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova tomonidan Bunyodkor mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonlar holati o‘rganildi.
📌 Manzilli o‘rganish jarayonida oilalarning turmush sharoiti, ijtimoiy ehtiyojlari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi. Har bir xonadonning o‘ziga xos ehtiyojlariga e’tibor qaratilib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🤝 Aniqlangan muammolar yuzasidan ularni bartaraf etish imkoniyatlari muhokama qilinib, masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🎯 Maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlariga amaliy yechim topish va munosib turmush sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish.