Новости

Последние новости

PASTDARG‘OMNING 100 YILLIK YUBILEYI SHARAFIGA YANGI KITOB NASHR ETILADI

📖 PASTDARG‘OMNING 100 YILLIK YUBILEYI SHARAFIGA YANGI KITOB NASHR ETILADI
🇺🇿 Pastdarg‘om tumani tashkil etilganining qutlug‘ 100 yillik yubileyi munosabati bilan tuman tarixi, uning bosib o‘tgan mashaqqatli va shonli yo‘li, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda hudud rivojiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi yangi kitob loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🏛 Tuman hokimligida tashkil etilgan uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari, xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari, Nuroniylar jamg‘armasi vakillari, faol nuroniylar, tarixni yaxshi biladigan ziyolilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
📚 Tadbir davomida bo‘lajak nashrning mazmun-mohiyati, tarixiy ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi, tuman taraqqiyotining muhim bosqichlarini yoritish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
💬 Nuroniylar, ziyolilar va mutaxassislar tomonidan kitob mazmunini boyitish, tarixiy voqealar hamda fidoyi insonlar faoliyatini kengroq yoritish yuzasidan qimmatli taklif va mulohazalar bildirildi.
🔹 Mazkur kitob loyihasi Pastdarg‘omning boy tarixini kelajak avlodga yetkazish;
🔹 hudud taraqqiyotiga hissa qo‘shgan insonlar xotirasini abadiylashtirish;
🔹 yosh avlodda Vatanga, ona yurtga va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌱 Pastdarg‘omning 100 yillik tarixi — avlodlardan avlodlarga o‘tadigan bebaho ma’naviy merosdir.

Slide 1 of 5