Новости

Последние новости

♿️ INSON QADRI VA HUQUQLARI — E’TIBOR MARKAZIDA

📜 O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni
O‘RQ-641-son | 2020-yil 15-oktabr
🏘 YANGIOBOD MAHALLASIDA MANZILLI O‘RGANISH
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan Yangiobod mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolari o‘rganildi.
🔹 Fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar aniqlandi;
🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi;
🔹 Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi;
🔹 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha takliflar belgilandi.