Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati A. Masharipov tumandagi ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarni issiq va sovuq suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
Asosiy maqsad — aholi uchun zarur kommunal xizmatlarni uzluksiz ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish choralarini kuchaytirish.