Новости

Последние новости

🛡️ HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

📍 Qumyop mahallasi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova Qumyop mahallasida profilaktika inspektori tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida:
▪️ mahalladagi kriminogen vaziyat;
▪️ huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar;
▪️ fuqarolar bilan olib borilayotgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari;
▪️ muammoli oilalar hamda profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan ishlash holati;
▪️ jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar tahlil qilindi.