Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan 2-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Jumladan, texnikum binosining isitish tizimi, o‘quv xonalari, oshxona, hojatxonalar hamda boshqa zarur infratuzilma obyektlarining holati o‘rganib chiqildi.
Ta’lim muassasasining isitish tizimiga alohida e’tibor qaratildi. Texnikum binosi markazlashtirilgan isitish tizimi orqali isitilishi qayd etildi. Mavsum davomida o‘quv xonalari va binoning boshqa qismlarida tegishli haroratni ta’minlash imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, sinf xonalarining umumiy holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xonalarning mavsumga tayyorgarligi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi. Oshxona va hojatxonalarning holati ham ko‘zdan kechirilib, ularning o‘quvchi-yoshlar uchun qulay va zarur sharoitlarga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha 2-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari to‘liq amalga oshirilgani aniqlandi. Muassasaning isitish tizimi ishga shay holatga keltirilgan bo‘lib, o‘quv jarayonini kuz-qish mavsumida barqaror davom ettirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi