Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari O. Xolboev va D. Xasanova Beshmergan mahallasida ko‘chaboshilar bilan hamkorlikda xonadonbay yurib, aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganmoqda.
📌 O‘rganish jarayonida:
🔹 xonadonlarning ijtimoiy holati;
🔹 aholini qiynayotgan muammo va murojaatlar;
🔹 bandlik va daromad manbalari;
🔹 obodonlashtirish va infratuzilma masalalari;
🔹 ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand oilalar holati
atroflicha o‘rganilmoqda.
🤝 Maqsad — har bir xonadon muammosini aniqlash, mas’ullar bilan birgalikda uning yechimini topish va aholi manfaatlarini ta’minlash.
“Xalq deputatlari — xalq bilan birga!”