Новости

Последние новости

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur komissiya yig‘ilishida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a'zolari ham ishtirok etdi.

📁 Dastlab deputatlar Toshkent shahridagi jamoat transportida yo‘lkira haqi tarifini belgilash masalasini muhokama qilish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich hamda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ikramov Mirakbar Mirsaitovichning hisobotini tinglab, atroflicha muhokama qildi.

📝 Yig‘ilishda kun tartibidagi keyingi masala Toshkent shahri hududida tashqi reklama va axborot ob’ektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish chizmalari loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Dusmuxamedov Alisher Ismatillayevich deputatlarga hisobot berdi.

📉 Shuningdek, kun tartibidagi keyingi masala Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li hamda Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig‘i v.b. Nosirov Shoxrux Shuxrat o‘g‘li deputatlarga hisobot berdi.

🔺 Komissiya kun tartibiga kiritilgan to'rtinchi Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida 2026-yilning I-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Muxitdinov Muxtor Yashnarovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rilib muhokama qilindi.

💡 Yig‘ilish davomida deputatlar O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nazarov Xamdam Shuxratovich hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichlarning hisobotini komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqdi.

🗣 Yig‘ilish yakunida deputatlar hamda ekspertlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10