Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
3 KILOMETRLIK PIYODALAR YO‘LAGI: QURILISH SIFATI VA MUDDATI DEPUTAT NAZORATIDA!

 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan saylov okrugi hududidagi “Navro‘z” MFY, Sho‘rob ko‘chasida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganildi.
📌 Mazkur o‘rganish davomida uzunligi 3 kilometrni tashkil etuvchi piyodalar yo‘lakchasining qurilish jarayoni, bajarilgan ishlarning sifati, belgilangan talablar asosida amalga oshirilayotgani hamda qurilish ishlarining muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Hozirgi kunga qadar piyodalar yo‘lakchasining 2 kilometr qismi to‘liq qurib bitkazilgan bo‘lib, qolgan 1 kilometr qismida qurilish ishlari davom etmoqda.
📌 Deputat tomonidan qurib bitkazilgan qismning holati ko‘zdan kechirilib, piyodalar uchun yaratilayotgan sharoitlarning qulayligi va xavfsizligi, bajarilgan qurilish ishlarining sifat ko‘rsatkichlari hamda foydalanish uchun yaroqliligi yuzasidan tegishli masalalar o‘rganildi.
📌 Shuningdek, qurilishning qolgan qismini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, ish jarayonida aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.
📌 Piyodalar xavfsizligi — asosiy e’tiborda!
Mazkur piyodalar yo‘lakchasining barpo etilishi Sho‘rob ko‘chasida piyodalar, ayniqsa, bolalar, keksalar va boshqa fuqarolarning xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.
🛣 Piyodalar uchun alohida va xavfsiz yo‘lakning mavjudligi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar harakatini tartibga solish hamda aholi uchun qulay infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi.
📌 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar qurilish ishlarining faqat amalga oshirilishini emas, balki ularning sifati, xavfsizligi va belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
💬 O‘rganish yakunida qurilishning qolgan 1 kilometr qismini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, piyodalar uchun barcha zarur xavfsizlik sharoitlarini ta’minlash hamda foydalanishga topshirilgunga qadar ishlarning sifatini nazorat qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
➡️ Sifatli infratuzilma — xavfsiz va qulay mahalla sari muhim qadam!

Slide 1 of 6