Новости

Последние новости

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan “Qayilma” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan faoliyat deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli Mirsoliqova Manzura tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni bandlikka yo‘naltirish, ta’lim va tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
 Bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishida:
 3 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan;
 3 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 30 million so‘m, shuningdek, gulchilikni rivojlantirish uchun 30 million so‘m, jami 60 million so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan;
 3 nafar xotin-qiz kasb-hunarga o‘qitilib, o‘quv kurslarini yakunlaganidan so‘ng ularga tegishli sertifikatlar berilgan hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.
🏠 Oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida:
Ajrim yoqasida turgan 6 ta oilaning muammolari o‘rganilgan;
Mahalla yarashtiruv komissiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida 4 ta oila yarashtirilgan;
Qolgan 2 ta oila bilan yarashtirish choralari davom ettirilmoqda.
Deputat tomonidan xotin-qizlar faoli faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratilib, oilaviy muhitni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘rgatish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. 💬
O‘rganish yakunida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni manzilli hamda tizimli ravishda hal etishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
 Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — oilalar farovonligi va jamiyat taraqqiyotining muhim omilidir.

Slide 1 of 4