Новости

Последние новости

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov tomonidan tuman dasturlari ijrosini o‘rganish maqsadida Yangiqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish obyektida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida qurilish ishlarining borishi, loyiha asosida belgilangan vazifalarning bajarilish holati, qurilish sifati, obyektning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanishi hamda qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mas’ullar va pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, belgilangan talablarga qat’iy rioya etish hamda bolajonlar uchun zamonaviy va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, tuman dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan har bir ijtimoiy obyekt qurilishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda qurilish ishlarining sifatli bajarilishini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4