Новости

Последние новости

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
BOLALAR MAYDONCHASI HOLATI — DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati H. Qudratov tomonidan Do‘stlik MFYning Pastkichaqir qishlog‘ida joylashgan bolalar maydonchasining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida bolalar maydonchasining umumiy holati, hududning obodonlashtirilishi, mavjud o‘yin jihozlarining sozligi va mustahkamligi, bolalar uchun xavfsiz foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maydonchadagi o‘yin va sport jihozlarining texnik holati, ularning bolalar salomatligi va xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar, hududni tartibga keltirish hamda zarur jihozlarni yangilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida bolalar uchun munosib va xavfsiz bo‘sh vaqt maskanlarini ko‘paytirish, mavjud maydonchalardan samarali foydalanish hamda ularni doimiy ravishda saqlash va obodonlashtirib borish yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan maydonchani tartibga keltirish, mavjud jihozlarni ta’mirlash yoki yangilash, hududni obodonlashtirish hamda bolalar uchun xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Bolalar maydonchasining holatini yaxshilash, belgilangan ishlarning ijrosini ta’minlash va yaratilayotgan sharoitlarning natijadorligi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 3