35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
📍 QUNDUZ MAHALLASIDA KO' CHAMA KO'CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
📍 QUNDУZ MAHALLASIDA QONUN IJROSI MONITORING QILINDI
янв.21
♿️ ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TENG IMKONIYATLAR
янв.21
📊 HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🎨 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — YOSHLAR IJODIY SALOHIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH YO‘LIDA
янв.21
🏥 IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQAROLAR — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
🏘️ MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📖 Maktab ostonasida — yangi umidlar va ezgu niyatlar!
янв.21
📚 Ilm va ma’rifat maskanida yangi o‘quv yiliga start berildi!
📍 QUNDУZ MAHALLASIDA QONUN IJROSI MONITORING QILINDI

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-561-son, 2019-yil 2-sentabr) ijrosi Qunduz mahallasida o‘rganildi.
🔎 Monitoring davomida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, muammoli va ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga zarur ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tegishli xizmatlarga yo‘naltirish hamda mahallada xotin-qizlar uchun xavfsiz va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, profilaktik ishlarni kuchaytirish va qonun talablarining samarali ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
👥 Monitoringda ishtirok etdilar:
M. Yaxshimurotova — xalq deputatlari tuman Kengashi deputati;
D. Abdrimova — Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi;
O. Akimova — O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi.
🎯 Asosiy maqsad — xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda mahallalarda xavfsiz ijtimoiy muhitni mustahkamlash.

Slide 1 of 2