💊 Bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda tuman Tibbiyot birlashmasi mudiri J.Razzakov ishtirokida tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.
💊O‘rganish davomida aholiga belgilangan tartibda bepul taqdim etiladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, ularning tibbiyot muassasalariga yetkazib berilishi hamda fuqarolarga o‘z vaqtida topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💊Tibbiyot muassasalarida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shifokor tavsiyalariga muvofiq davolash jarayonlarining tashkil etilishi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga ajratilayotgan dori vositalaridan samarali va maqsadli foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
💊O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalarni bartaraf etish, aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanishini yaxshilash hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!