35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Soy bo‘yi MFYda hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi

Mazkur o‘rganish Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kunlik ish rejasining 4-bandi ijrosi doirasida tashkil etildi.
O‘rganish jarayonida aholi daromadlarini oshirish, kam ta’minlangan va ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–642, 2020-yil 20-oktabr) talablarining ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mahallada iqtisodiy faollikni oshirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish va oilalarning barqaror daromadga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni yanada jadallashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda hokim yordamchisi faoliyatining natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar belgilab olindi.

Slide 1 of 1