Monitoring davomida bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi narxlari, savdo rastalarining to‘kinligi, mahsulotlarning iste’molga yaroqliligi hamda belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, savdo jarayonida iste’molchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va sotuvchilarning xizmat ko‘rsatish madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash, aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berish hamda savdo xizmatlari sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ularning ijrosini nazoratga olish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar belgilandi.