35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Mahalladagi muammolar amaliy hal etilmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 7-“Qipchoqariq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Nazarova tomonidan “Vaqf chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

️Xususan, hududdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, “Istiqlol” ko‘chasidagi 7 ta, “Barhayot” ko‘chasidagi 6 ta hamda “Jasorat” ko‘chasidagi 11 ta eskirgan simyog‘ochlarni yangi simyog‘ochlarga almashtirish zarurligi qayd etildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanilib, muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha ishlar olib borilishi borasida kelishuvga erishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6