35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” SDP a’zosi Abdukamilov Shavkat Shuxratovich (13-Ulug‘bek saylov okrugi) Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulotda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda ishlash uchun biriktirilgan.

Kengash deputati Shuxrat Abdukamilov Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulotda vaziyatlar bo‘limiga tashrif buyurib, moddiy ta’minoti bazasining holatini ko‘rib chiqdi.

Tashrif davomida favqulodda vaziyatlarni bartaraf yetish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek, tinchlik va alohida davrda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida tegishli tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro suhbatlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida deputat tomonidan aholi bilan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda harakatlanish qoidalari bo‘yicha fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini muntazam o‘tkazib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5