35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

🤝 Deputat va tashkilot hamkorligi: murojaatlar doimiy e’tiborda

Aholi murojaatlari bilan samarali ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini ta’minlashda deputatlar hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 18-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Qalandarov Azamat Shermetovichga biriktirilgan Shovot tumani SEO va JSX bo‘limi bilan hamkorlik doirasida navbatdagi uchrashuv va muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida tashkilotning ustuvor vazifalari, istiqboldagi faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, ish jarayonida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ-360-V-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Tashkilotda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va natijadorligini ta’minlash jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.
Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.
Deputat va tashkilot hamkorligi — murojaatlarni eshitishdan ularning amaliy yechimini ta’minlashgacha bo‘lgan jarayonni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2