35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
6-BAND IJROSI: Oilaviy muammolarni o‘rganish va oilalar mustahkamligini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Davronov Komiljon tomonidan fuqaroning oilaviy masala yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni ijobiy hal etish maqsadida mahalla xotin-qizlar faoli hamda masjid imom-xatibi jalb etilgan holda tomonlar bilan suhbat o‘tkazilib, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish va oilani saqlab qolish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat, mas’uliyat va murosaga kelishning ahamiyati, shuningdek, oila va xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Murojaat yuzasidan oiladagi mavjud vaziyatni ijobiy tomonga hal etish, kelishmovchiliklarni bartaraf etish hamda oilaviy totuvlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 1