35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Kengashi raisi fuqarolarni qabul qildi

Kengashi raisi fuqarolarni qabul qildi

Aholi bilan muloqot samaradorligining bosh omili — har bir fuqaroning shaxsiy murojaatini tinglash va unga manzilli, adolatli yechim topishdir.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan samimiy uchrashuv yakunlangandan so‘ng xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida okrug fuqarolari o‘zlarini tashvishlantirayotgan turli hayotiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha deputatga murojaat qildilar.

Murojaatlarning asosiy yo‘nalishlari:

🏢Uy-joy va qurilish: Ko‘p qavatli va shaxsiy uy-joylarni ta’mirlash hamda qurilish sohasiga oid masalalar;

⚡️Kommunal soha: Mahallada elektr energiyasi ta’minoti sifatini oshirish va infratuzilmani yaxshilash;

🤝Ijtimoiy ko‘mak: Kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish;

💼Aholi bandligi: Ishsiz fuqarolar va yoshlarni ishga joylashtirish hamda ularning bandligini ta’minlash.

Qabul jarayonida huquqiy va maslahat xarakteridagi murojaatlarning bir qismiga joyida aniq va tushunarli huquqiy tushuntirishlar berilib, muayyan vaqt va mutasaddi tashkilotlar aralashuvini talab etadigan murakkab masalalar deputatning murojaat daftariga rasmiylashtirilib, shahar hokimligi va mas’ul idoralar rahbarlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 1