35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
MAHALLA YETTILIGI VA DEPUTAT HAMKORLIGI — AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM

MAHALLA YETTILIGI VA DEPUTAT HAMKORLIGI — AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-“Tajribakor” saylov okrugi deputati A. Avliyakulov saylangan hududdagi M. Eshtemirov mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida mahalla yettiligining vazifalari, aholi bilan ishlash, fuqarolarning muammo va takliflarini o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi bilan mahalliy Kengash deputatining hamkorligini yanada kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning deputatga murojaatlarini tizimli ravishda qayd etib borish maqsadida “Murojaatlar daftari” doimiy ravishda mahallada yuritilishi belgilab qo‘yilishi lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur daftar orqali deputat mahallada bo‘lmagan vaqtda ham fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo, taklif va murojaatlarini yozma ravishda qoldirishlari mumkin. Deputat mahallaga tashrif buyurganida ushbu daftar bilan muntazam tanishib, unda qayd etilgan murojaatlarni o‘rganadi hamda muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlarni olib boradi.

Uchrashuv davomida deputat va mahalla yettiligi o‘rtasida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, muammolarni manzilli hal etish va ularning ijrosini nazorat qilib borish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi.

Tadbirda Kengash mutaxassisi K. Abdullayeva deputatning mahalla yettiligi bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni qayd etish va ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Aholi murojaati — e’tiborda. Muammo — nazoratda. Yechim — amaliy harakatda!

Slide 1 of 3