35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o‘rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxramov Kengashning ish rejasiga muvofiq, tuman Investitsiyalarni jalb qilish va eksportni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi bilan birgalikda Oydin MFY hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida Xitoylik investorlar tomonidan tashkil etilgan “Jin-Yu” MChJ XK tomonidan bir martalik idish va buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasining bugungi kundagi faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha hududning investitsiyaviy salohiyatini oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish hamda aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Loyiha doirasida 25 ta yangi ish o‘rni yaratilgani ayniqsa e’tiborga molik.

O‘rganish yakunida investitsiya loyihasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4