35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
#Chinoz_tumani Eshonobod madaniyat saroyi faoliyati o‘rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasidan 20-Eshonobod saylov okrugidan saylangan deputat Alimjon Adilbekovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Begzod Ortiqboyev tomonidan Eshonobod MFY hududida joylashgan Eshonobod madaniyat saroyi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida madaniyat saroyining bugungi holati, aholining, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi faoliyati, mavjud to‘garaklar va madaniy-ma’rifiy tadbirlarning yo‘lga qo‘yilgani hamda moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, muassasada fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bino va xonalarning saqlanish holati, mavjud jihozlardan samarali foydalanish hamda hudud aholisi uchun madaniy xizmatlar ko‘rsatish darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, madaniyat saroyi faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi, xususan, yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Eshonobod MFY aholisi uchun munosib madaniy muhit yaratish, madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni deputatlik nazorati asosida o‘rganib, ularning amaliy yechimini ta’minlashdan iborat.

Slide 1 of 3