35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Deputat mahallalardagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 6-"Guliston" saylov okrugidan saylangan deputat B. Abdimuminov hamda tuman Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Amanov okrug hududidagi "Guliston" mahallalarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.
O‘rganishlar davomida ichki ko‘chalarni obodonlashtirish, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarga shakl berish va oqlash, ko‘kalamzorlashtirish, eski devorlarni buzib, o‘rniga yangi devorlar qurish kabi ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi.
Obod va fayzli mahalla — yurt taraqqiyoti, aholi farovonligi hamda birdamligining muhim asosidir.

Slide 1 of 3