35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
“Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasi doirasidagi yo‘l ishlari o‘rganildi

#deputat_okrugida
#nazorat_tahlil

“Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasi doirasidagi yo‘l ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A.Xolmo‘minov o‘z saylov okrugidagi “Kunchiqish” mahallasida bo‘lib, “Yangi O‘zbekiston massivi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Jumladan, mahallaning Dilkash, Lolazor, Meros, Nodira, Vorislik hamda Serquyosh ko‘chalarida olib borilayotgan asfaltlash ishlarida ishtirok etib, yo‘l qoplamasining sifati, bajarilish holati va belgilangan talablarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratdi.

O‘rganish davomida mahalladagi jami 6 ta ko‘chada 2 100 metr uzunlikdagi yo‘lni asfaltlash ishlari amalga oshirilgani qayd etildi.

Jarayon davomida mas’ullar bilan fikr almashilib, yo‘l qurilishi ishlarini sifatli yakunlash, belgilangan me’yorlarga rioya qilish hamda hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz yo‘l sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6