35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tumanning “Iskandar” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi G‘.Abduxalilovaning aholi bandligini ta’minlash, xonadonlar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada ishsiz, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan hamda ijtimoiy ko‘makka ehtiyoj sezayotgan fuqarolar bilan manzilli ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi. Hokim yordamchisi tomonidan xonadonbay o‘rganishlar asosida aholining bandlik va daromad manbalari aniqlanib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisining aholi bilan muloqoti, fuqarolar murojaatlarini o‘rganishi hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy choralari ham ko‘rib chiqildi. Ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, aholiga daromad keltiruvchi faoliyat turlarini kengaytirish hamda kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1