35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
YOSHLAR O‘RTASIDA SPORT VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB QILISH — E’TIBORDA
Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan “Oqtepa”mahallasida joylashgan 274-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🗣Maktab direktori Rasulova Sh.S. bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

💬Suhbat davomida o‘quvchilarni turli sport to‘garaklari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli va faol yoshlarning qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni turli tanlov va musobaqalarga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚽️Shuningdek, maktabda yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sport tadbirlarini muntazam tashkil etish va o‘quvchilarning jamoaviy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🌟Iqtidorli yoshlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, turli yo‘nalishlarda o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.

📚O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ta’lim va ijodiy faoliyatga keng jalb qilish yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyatga ega.

🏛Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga qiziqishini oshirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar doimiy e’tiborda.

Bizni kuzatishda davom eting!
Slide 1 of 5