35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi

#sessiya_kun_tartibidagi_masalani_organish
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#ekspert_guruhi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
#nazorat_tahlil

“Qorasuv” mahallasida jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha taklif o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 2-“Qorasuv” saylov okrugidan saylangan deputat D.Xoliqovaning saylov okrugidagi “Qorasuv” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi raisi o‘rinbosari Y.Umbarov mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi mavjud muammo va takliflarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish haqidagi masala doirasida “Qorasuv” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi namunali “Mustaqillik” ko‘chasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, mazkur ko‘cha yoqasiga temir panjara o‘rnatish hamda piyodalar yo‘lakchasini beton qilish uchun qurilish materiallarini xarid qilish xarajatlariga jamg‘arma mablag‘laridan mablag‘ ajratish yuzasidan kiritilgan taklifning zarurati va asoslari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla raisining mazkur masala yuzasidan fikr va takliflari tinglanib, rejalashtirilayotgan ishlarning hudud obodonchiligi, piyodalar xavfsizligi va aholi uchun qulay sharoit yaratishdagi ahamiyati muhokama qilindi.

Aniqlangan ma’lumotlar umumlashtirilib, sessiya kun tartibidagi mazkur masalani ko‘rib chiqishda deputatlar tomonidan inobatga olish uchun tegishli takliflar tayyorlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6