35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
“Qorasuv” mahallasidagi madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#ekspert_guruhi_faoliyati
#nazorat_tahlil

“Qorasuv” mahallasidagi madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 2-“Qorasuv” saylov okrugidan saylangan deputat D.Xoliqovaning saylov okrugidagi “Qorasuv” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi raisi o‘rinbosari Y.Umbarov tomonidan mahalla raisi bilan birgalikda 64-sonli Mehnatobod madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida madaniyat markazida aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Shuningdek, markazning moddiy-texnik bazasi, mavjud musiqa va boshqa jihozlar, asbob-uskunalar, to‘garaklar faoliyati hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklar holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, madaniyat markazining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Mazkur masalalar deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2