35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

#deputat_okrugida
#murojaatlar_daftari
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Zarbdor” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-“Zarbdor” saylov okrugidan saylangan deputat — tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev o‘z saylov okrugidagi “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularning murojaat va takliflarini tingladi.

Uchrashuv davomida mahallaning A.Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi tomonidan ko‘chani asfaltlash masalasida murojaatlar bildirildi. Fuqarolar yo‘lning mavjud holati, aholi uchun yuzaga kelayotgan noqulayliklar hamda ko‘chani ta’mirlash va asfaltlash zarurligi yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.

Mazkur murojaatlar deputatning murojaatlar daftariga qayd etilib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish, ko‘chani asfaltlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda muammoni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Shuningdek, masalani hal etish jarayonida zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.
Murojaatning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2