35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish o'tkazildi

#19_1_modda
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#sessiya_kun_tartibidagi_masalani_organish

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan o'rganish o'tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish haqidagi masala yuzasidan tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasiga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tuman hokimligida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibi, mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha taqdim etilgan takliflar hamda mazkur mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarning asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

Shuningdek, mablag‘larni ajratish bo‘yicha taqdim etilgan hisob-kitoblar, moliyalashtirish manbalari va rejalashtirilgan xarajatlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazilib, qo‘shimcha ma’lumotlar olindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlar sessiya kun tartibidagi mazkur masalani ko‘rib chiqishda inobatga olish uchun umumlashtirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3