35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

#deputatlik_faoliyati

Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 11-Xalqobod saylov okrugi deputati D.Zulyarova tomonidan Xalqobod MFYda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🖋 O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. “Yagona ijtimoiy reyestr” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolar soni, ularga ajratilayotgan ijtimoiy yordamlar, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📖 Bundan tashqari, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga ajratilgan mahsulotlarining yetkazib berilishi, uy-joyi ta’mirlangan fuqarolar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi fuqarolar haqidagi ma’lumotlarning yuritilishi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida tegishli hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, ma’lumotlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida shakllantirilishi hamda ijtimoiy yordamlarning manzilliligi masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 4