35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Maishiy chiqindi tashuvchi korxona faoliyati o‘rganilmoqda
#jarayon

Maishiy chiqindi tashuvchi korxona faoliyati o‘rganilmoqda

📍Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 24-martdagi VII-30-33-10-0-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘rta Chirchiq tumanida maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatini ko‘rsatuvchi “Angren-Bunyod Fayz” O‘rta Chirchiq tumani filiali faoliyati o‘rganilmoqda.

🗑O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, tuman Kengashining 11-Xalqobod saylov okrugi deputati D.Zulyarova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman raisi M.Umarova hamda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

📃Belgilangan savolnoma asosida korxonaning umumiy faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ish haqi va ijtimoiy kafolatlar, tibbiy nazoratning yo‘lga qo‘yilgani, maxsus texnikalarning texnik holati hamda mahallalarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

📋O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud ishlarni takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

📌Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida va sifatli olib chiqish — hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishning muhim omilidir.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Slide 1 of 5