35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDA UYMA-UY O‘RGANISH ISHLARINI OLIB BORDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Chag‘atoy mahallasi ijtimoiy xodimi bilan birgalikda mahallada uyma-uy yurib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan yo‘l va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bildirildi. Aniqlangan mazkur masalalar yuzasidan deputat Q. Raxamov tomonidan shu kunning o‘zida tegishli mas’ul rahbarlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini amaliy hal etish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va ularning ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Uyma-uy o‘rganish — fuqarolar muammolarini joyida aniqlash, murojaatlarni eshitish va ularni amaliy yechimga yo‘naltirishning muhim vositasidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5