35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝🏭 DEPUTAT VA KORXONA O‘RTASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
🏘🔎 KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
🚶‍♂️🏘 DEPUTAT TOMONIDAN KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏢📋 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI CHAQIRILADI
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 3–7-AVGUST KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📊 HAFTALIK DAYJEST
янв.21
📄⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
🤝🏭 DEPUTAT VA KORXONA O‘RTASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dushamov Elyor Shuhrat o‘g‘li hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich deputatga biriktirilgan "Euroteks" mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonada bo‘lib, korxona jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
🤝 Uchrashuv davomida deputat va korxona o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mehnat jamoasini qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
🏭 Ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
✅ Deputat va korxona o‘rtasidagi hamkorlik hududni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. 🇺🇿