35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝🏭 DEPUTAT VA KORXONA O‘RTASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
🏘🔎 KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
🚶‍♂️🏘 DEPUTAT TOMONIDAN KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏢📋 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI CHAQIRILADI
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 3–7-AVGUST KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📊 HAFTALIK DAYJEST
янв.21
📄⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
TA’LIM MUASSASASI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI

🏛 TA’LIM MUASSASASI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan “Sebzor” MFY hududida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✨ O‘rganish davomida Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning ijodiy va amaliy faoliyati, xususan, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi milliy kiyimlar va liboslar namunalari, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar hamda amaliy mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishildi.

🌟 Shuningdek, maktabdagi tikuvchilik va ijodiy yo‘nalishdagi xonalar faoliyati o‘rganilib, o‘quvchilarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida amalga oshirilib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza hamda mavjud muammolar holati ko‘rib chiqildi.

📌 O‘rganishda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 ta’lim sifati va o‘quv jarayonining samarali tashkil etilishi;
🔹 o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilganligi;
🔹 ta’lim muassasasining moddiy-texnik holati;
🔹 sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablariga rioya etilishi;
🔹 aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

🔖 O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov, maktab ma’muriyati hamda xodimlari ishtirok etdi. Suhbat davomida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim sifati va mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

⚡️ Jarayon davomida o‘quvchilarning milliy hunarmandchilik, tikuvchilik, dizayn va ijodiy yo‘nalishlarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 8