35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja
#deputatlar_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_masala

🇺🇿Mustaqillik bayrami arafasida “Mustaqillik” ko’chasining yangi qiyofasi Bandixonliklarga munosib tuhfa bo’ldi!

Bandixonda infratuzilma taraqqiyoti – xalq farovonligi yo'lidagi amaliy qadam!

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi mudiri A.Pardayev, tuman Kengashi deputatlari X.Abdimo'minov, I.Xalmatov, N.Allamuratova, B.Yo'ldoshev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar tomonidan Bandixon MFY hududidagi "Mustaqillik" ko'chasida amalga oshirilgan keng ko'lamli bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlari joyiga chiqib o'rganildi.

Tashrif davomida ko'chada bajarilgan asfalt qoplamasi ishlari, yo'l infratuzilmasining sifati, obodonlashtirish va hududning zamonaviy qiyofaga keltirilishi atroflicha ko'zdan kechirilib, amalga oshirilgan ishlarning belgilangan me'yor va talablar asosida bajarilgani yuzasidan nazorat olib borildi.

Bugungi kunda "Mustaqillik" ko'chasi zamonaviy yo'l infratuzilmasiga ega, qulay va xavfsiz maskanga aylanishi natijasida nafaqat transport qatnovi yengillashdi, balki mahalla aholisi uchun munosib yashash sharoitlari yaratildi.

Sifatli yo'l tarmog'i hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiluvchi eng muhim infratuzilma omillaridan biri bo'lib, fuqarolarning kundalik hayotida qulaylik va farovonlikni ta'minlamoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Bandixon ahli uchun munosib bayram tuhfasi bo'ldi. Bu kabi ezgu ishlar yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, hududlarni kompleks rivojlantirish hamda aholi turmush sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan davlat siyosatining amaliy natijasidir.

Bandixon tumanida zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, yo'l-transport tizimini takomillashtirish, mahallalarni obod va fayzli maskanlarga aylantirish hamda xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo'lidagi bunyodkorlik ishlari bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

Obod mahalla – mustahkam infratuzilma, sifatli yo'llar va farovon hayot demakdir!

Slide 1 of 7