35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI

🗓 Sana: 2026-yil 25-iyul
📄 Qaror: DKQ 03-02/93-26
Mavzu: O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari bo‘yicha qonun ijrosini ta’minlash.
✅ 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ–1153-son Qonuni asosida 2025-yil 22-sentabrdagi Kengash qarori ilovasiga o‘zgartirishlar kiritish ma’qullandi.
✅ Har bir mahalla kesimida hokimlik, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi, Kadastr hamda mahalla raislaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilishi tavsiya qilindi.
✅ Ishchi guruhlar faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etilishi belgilandi.
✅ Qonun ijrosi doimiy komissiyada muntazam muhokama qilinib, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlari kuchaytiriladi.
📌 Mazkur masala xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritildi.