35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-maydagi “Yaylovlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida tumandagi yaylov yerlaridan foydalanish holati, ularning maqsadli va samarali ishlatilishi, yaylovlarni muhofaza qilish hamda degradatsiyaga uchrashining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yaylovlardan foydalanuvchilar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarning bajarilishi, vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Monitoring jarayonida yaylov resurslaridan oqilona foydalanish, ularning ekologik holatini saqlash, chorvachilikni barqaror rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish hamda qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi. Mas’ul tashkilotlarga qonun talablarining to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yaylovlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mazkur yo‘nalishda qonun ijrosi ustidan parlament va mahalliy Kengash nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 4