35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Kotib

Oramizda shunday insonlar borki, ularning jismoniy imkoniyati cheklangan, lekin ma’naviyati yuksak, ruhi esa juda kuchli va matonatli. Albatta, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi eng katta mas’uliyat davlat zimmasiga tushadi.

O‘zbekiston Republikasi Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirish hamda ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida “Imkoniyati cheklangan” ijtimoiy aksiyasi tashkil etildi.

Ushbu tadbirda nogironligi bo‘lgan fuqarolar tomonidan yaratilgan tasviriy va amaliy san’at namunalari, hunarmandchilik mahsulotlari hamda qo‘l mehnati asosida tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘gazmasi tashkil etildi. Ijodiy mahsulotlar kimoshdi savdosiga qo‘yilib, ularning mehnati va iste’dodi keng jamoatchilikka namoyish etildi.

Tashkil etilgan “Imkoniyati cheklangan” ijtimoiy aksiyasida  O‘zbekiston Republikasi Xalq demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Shoxzoda Kurbanova ishtirok etdi.

O‘tkazilgan tadbir nogironligi bo‘lgan fuqarolarning beg‘ubor qalbini yanada quvonchu-shodlikka to‘ldirdi.

Slide 1 of 2