35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
MAHALLIY IJRO VA VAKILLIK ORGANLARI HAMKORLIGIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov hamda tuman Kengashi raisi Faxritdin Dadamatov tomonidan tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirokida tumanimizdagi og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan “Gulbog'” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tomorqadan samarali foydalanish, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilalar daromadini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda.Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ichimlik suvi, elektr ta'minoti va yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqilmoqda.Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni tizimli hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilmoqda.Bu kabi ochiq muloqotlar mahalliy ijro va vakillik organlarining o‘zaro hamkorligi, aholi bilan bevosita va ochiq muloqot olib borish, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ularni amaliy natija bilan ta’minlash borasidagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.Bu esa tuman hokimligi va xalq deputatlari Kengashi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qilmoqda.Mahallalarda aholi bilan ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta'minlash Parkent tumanida izchil davom ettirilmoqda.  

Slide 1 of 5