35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanining "Yangi diyor" mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari deputatlik nazorati asosida muntazam o‘rganilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 13-"Shabada" saylov okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin Hazratqulovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xoliqov Bahodir ishtirokida mahallada nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida loyiha doirasida barpo etilayotgan 1,14 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi qurilishining borishi ko‘zdan kechirildi. Qurilish ishlari MAKON BIZNES-ANGOR MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lib, ayni paytda piyodalar yo‘lagini betonlash ishlari davom etmoqda.

Deputat tomonidan qurilish ishlarining sifati, loyiha talablariga muvofiqligi, qurilish materiallarining belgilangan standartlarga javob berishi, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda ishlarning tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi atroflicha tahlil qilindi.

Nazorat yakunida pudratchi tashkilot mas’ullariga qurilish sifatini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ishlar sur’atini jadallashtirish hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1